Eldor Shomurodov jamoasi karantinga olindi
Sport
−
18 iyun 2020
9990Rossiyaning “Rostov” futbol klubi ikki haftaga karantinga olindi. Bunga asosiy tarkibning olti nafar a’zosida koronavirus aniqlangani sabab bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilindi.
“So‘nggi tahlillar natijasi asosiy tarkibimizning olti o‘yinchisida anomaliyalarni ko‘rsatdi. Hozir o‘sha futbolchilar izolyatsiya qilindi. Ular bilan 42 kishi – bu asosiy tarkibning barcha o‘yinchilari, murabbiylar shtabi va jamoa personali aloqada bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Gap Roman Yeremenko, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov, Arseniy Logashov, Dennis Xajikadunich haqida ketyapti.
“Rostov” Rossiya chempionatiga start berilguncha 2 haftaga karantinga ketdi. 19 iyun kuni jamoa safarda “Sochi” bilan o‘ynashi kerak edi.
14 kunlik karantin davrida “Rostov” Rossiya chempionati doirasida yana ikki o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Jumladan, o‘z maydonida “Arsenal” va “Krasnodar”ni qabul qilishi rejalashtirilgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham “Rostov”ning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi.
LiveBarchasi