Eldor Shomurodov Turin klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubining hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turinning “Torino” klubida davom etirishi mumkin. Bu haqda “Romapress” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, Turin klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlar qidirmoqda. Shomurodov esa Rimda deyarli o‘yin amaliyotisiz qolyapti. Shu sababli o‘zbekistonlik futbolchi Jahon chempionati sababli yuzaga keladigan tanaffusdan keyin “Roma”ni tark etishi mumkin.

“Tuttosport” nashrining yozishicha, “Torino” rasmiylari Eldorning atrofidagilar bilan muzokaralar o‘tkazgan va bu ijobiy yakunlangan.

Shomurodov 2021 yilda “Jenoa”ni “Roma”ga almashtirdi. Ammo Eldorning Rim klubidagi faoliyati u qadar omadli chiqmadi. Shuning uchun jamoani almashtirish Shomurodov uchun  to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Eldor Shomurodov “Roma” safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik iqtidor egasini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

852

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing