Eldor Shomurodov Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning "Roma" klubi a’zosi Eldor Shomurodov 19 noyabr kuni Jahon chempionati saralashi 6-turi doirasida KXDRga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qatar bilan bahsda jarohat olib, 21-daqiqada zaxiraga olingan Shomurodovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi va u taxminan 1 oyga safdan chiqdi.

Shuningdek, terma jamoaning yana bir yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov ham Qatar bilan o‘yinda o‘zini noqulay his qilayotgandi. Hozirda uning ham bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.

O‘zbekiston terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi Oston O‘runov ham jarohati bois Shimoliy Koreya bilan bahsda maydonga tushmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov Qatar bilan o‘yinda hakamlikdan ayb qidirish noto‘g‘ri ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Shimoliy Koreya Otabek Shukurov Eldor Shomurodov Qatar Oston O'runov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing