Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etishi mumkin. Bu haqda “Romapress” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi yozgi transfer oynasi oxirigacha Shomurodov va Matias Vinya bo‘yicha boshqa klublardan takliflarni kutadi.

Qayd etilishicha, Eldor va Vinya “Roma”ning mavsumoldi yig‘ini dastlabki bosqichida “bo‘rilar” murabbiylar shtabini hayratda qoldira olmagan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida "Roma" Eldor Shomurodov uchun "Jenoa"ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov “Roma”

Baholaganlar

1742

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing