Eldor Shomurodov “Roma”ga qaytdi

Sport

image
0:00
0:00
download

2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Italiyaning “Spetsiya” klubida o‘tkazgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov rimliklar safiga qaytdi. 

Shomurodov “Spetsiya” tarkibida joriy yilning 30 yanvaridan 30 iyuniga qadar ijara asosida to‘p surdi va 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma qayd etdi.

U ijara shartnomasi bilan to‘p surgan “Spetsiya” futbol klubi mavsum yakunidagi so‘nggi uchrashuvida “Verona”ga imkoniyatni boy berdi va Italiya B seriyasiga tushib ketdi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2021 yildan buyon “Roma” bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Futbolchi aynan o‘sha yili 18 million yevro evaziga rimliklar safiga qo‘shilgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Spetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing