Eldor Shomurodov “Roma”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Italiyaning “Roma” klubi “Jenoa”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovni sotib olish huquqi asosida ijaraga olgani haqida xabar bergan edik.

“Macht TV”ning xabar berishicha, Eldor Shomurodov “Roma”da bir mavsumda 2 mln yevro maosh oladi.

“Jenoa” Shomurodovni 2,5 mln yevro evaziga ijaraga bergan. Kelishuvga ko‘ra, rimliklar futbolchini 15 mln yevro evaziga sotib olish majburiyatini olgan. Agar “Roma” keyingi mavsum uchun Liga chempionov yo‘llanmasini olsa, o‘zbekistonlik futbolchi to‘laqonli rimliklar safiga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov "Jenoa"ga “Rostov”dan 2020 yilning oktyabrida 7,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan va avvalgi mavsumda 8 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani qayd etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

1907

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing