Eldor Shomurodov Olimpiadada ishtirok etadimi? 

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning Kalyari klubi a’zosi Eldor Shomurodov yozda Fransiya poytaxti Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Olimpiada boshlanishiga yaqin qolganda tarkibga qaysi yoshi katta futbolchilarni jalb qilishimiz ma’lum bo‘ladi. Har bir murabbiy jamoasi safida Eldor Shomurodovdek futbolchi bo‘lishini xohlaydi. Buyog‘ini bevosita rahbariyat va futbolchilarning o‘zi bilan maslahatlashib hal qilamiz”, deydi Kapadze.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Olimpiya o‘yinlaridagi yurishini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Kapadze shogirdlari guruh bosqichidagi o‘yinlarini Parij va Bordo shaharlarida o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani uchun 30 ming AQSH dollaridan pul mukofoti berilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Olimpiada Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made