Eldor Shomurodov koronavirusga chalindi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning  “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov koronavirusga chalindi. Bu haqda “RomaPress” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchining so‘nggi testi ijobiy natija bergan. Ayni vaqtda Eldor izolyatsiyaga olingan.

Shuningdek, “Roma”da yarim himoyachi Genrix Mxitaryanda ham koronavirus aniqlangan. Har ikki futbolchi Italiya chempionatining 26-turida Veronaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, 25 turdan so‘ng rimliklar A Seriya turnir jadvalida 40 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Eldor Shomurodov joriy mavsumda chempionatda 19 o‘yinda 2 ta golga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing