Eldor Shomurodov qishda boshqa klubga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer vaqtida Moskvaning SSKA jamoasi o‘yinchisiga aylanishi mumkin.

“Federal yangiliklar agentligi”ning xabar berishicha, Moskva klubi 24 yoshli hujumchi uchun 5 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2017 yil yozidan beri “Rostov” safida o‘ynab keladi. Uning shartnomasi 2024 yil yozigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 2,5 mln yevro qilib belgilangan.

Joriy mavsumda u 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. O‘yinchining hisobida O‘zbekiston termasidagi 40 ta o‘yin va 16 ta gol ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Rostov TsSKA

Baholaganlar

172

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing