Eldor Shomurodov faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik futbolchi, Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning keyingi manzili Bundesliga bo‘lishi mumkin. Bu haqda italiyalik taniqli futbol jurnalisti Nikola Skira o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardoriga Leverkuzenning “Bayer” klubi qiziqish bildirmoqda. Rim klubi Shomurodov uchun taxminan 13-14 million yevro taklif qilinsa, futbolchini sotib yuboradi.

Ma’lumot uchun, “Bayer” safida yana bir osiyolik futbolchi, Eron terma jamoasi yetakchisi Serdar Azmun ham to‘p tepadi.

Joriy mavsumda Eldor Shomurodov “Roma” safida umumiy 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov QALAMPIR.UZ saytiga bergan intervyusida Shomurodovning boshqa klubga o‘tishi to‘g‘ri variant ekanligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing