Elboshi Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 oktyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Ular telefon orqali muloqot qilgan.

Elboshi Shavkat Mirziyoyev kecha bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovida erishgan g‘alabasi bilan chin dildan muborakbod etib, birodar o‘zbek xalqining farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda xalqaro siyosatga oid masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi ulkan hamkorlik salohiyatini ishga solishga xizmat qiladigan yirik qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga ham e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, MSK tomonidan saylov natijalari e’lon qilinishidan avval Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar kela boshladi. Xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing