“El-yurt umidi” orqali horijiy oliygohlarga yuboriladiganlar soni 5 karra oshiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma davomida Prezident xorijga o‘qish uchun yuboriladigan yoshlar haqida gapirdi.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarga jo‘natiladigan yoshlar soni ko‘paytiriladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi. Yangi yilda yurtimizdagi 30 ta yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, ilk bor bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar o‘g‘il-qiz ushbu jamg‘arma orqali jo‘natiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Murojaatnoma

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing