Ekvador MTJ futbolchisi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Sport
−
18 dekabr 1295 1 daqiqa
Ekvador milliy terma jamoasi a’zosi va Guayakil shahrining “Barselona” klubi futbolchisi Mario Pineyda qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Bu haqda “infobae” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fojia Ekvador poytaxti Kito shahridan 265 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Guayakil shahrining Samanes hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tergov ishlari boshlanganini bildirdi. Ekvador Uyushgan jinoyatchilik observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda joriy yilda 9000 dan ortiq qotillik qayd etilgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilda 7063 ta, 2023 yilda esa rekord darajadagi 8248 ta qotillik sodir bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, voqea joyida shaxsi aniqlanmagan yana bir kishi halok bo‘lgan, uchinchi shaxs esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Ma’lumot uchun, Mario Pineyda Ekvador terma jamoasi safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Klub miqyosida u “El Nasonal”, “Fluminense” va “Independente del Vale” jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning “Araguaina” klubining 18 yoshli futbolchisi Vanderson Barros de Souza ukasining tasodifiy o‘q otishi oqibatida o‘z uyida fojiali tarzda vafot etgan edi.
Live
Barchasi