Ekvador qamoqxonalaridagi ommaviy tartibsizliklarda 30 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
27 iyul 2023
3250Ekvador qamoqxonalarida ommaviy tartibsizliklar oqibatida 31 mahbus o‘ldi, 120 nafar qamoqxona qo‘riqchisi asirga olindi. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi.
To‘qnashuvlar shu yilning 23 iyul kuni mamlakatdagi eng xavfli qamoqxonalardan biri - Guayakil shahridagi Penitenciaría del Litoral qamoqxonasida boshlangan. Mahbuslar hatto o‘qotar qurol va portlovchi moslamalardan foydalangan.
Bundan tashqari, yana 13 ta qamoqxonada tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan. U yerda 120 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi asirga olingan. Mahbuslar esa sanitariya sharoitini yaxshilash va oziq-ovqat bilan ta’minlashni talab qilib, ochlik e’lon qilgan.
Bunga javoban Ekvador Prezidenti Gilermo Lasso mamlakat qamoqxonalarida 60 kunlik favqulodda holat e’lon qilib, Qurolli kuchlarga hibsxonalar ustidan nazoratni tiklashini buyurgan.
Shunday qilib, 25 iyul kuni 2700 ga yaqin askar Ekvadordagi qamoqxonaga bostirib kirgan. Hukumat 5600 dan ortiq mahbuslar istiqomat qiladigan Guayas 1 ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini bildirgan.
Ma’lum qilinishicha, garovga olingan soqchilar ham ozod qilingan. Mamlakat Bosh prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Penitenciaría del Litoral’da tartibsizliklar tez-tez sodir bo‘ladi. Qamoqxonada 2021 yilda 119 nafar, 2023 yilda esa 12 nafar mahbus halok bo‘lgan.
LiveBarchasi