Efiopiyada fuqarolar urushidan so‘ng ilk bor saylov o‘tkazilmoqda
Olam
−
01 iyun 1087 2 daqiqa
Bugun, 1 may kuni Efiopiya bo‘ylab parlament va mintaqaviy saylovlarda ovoz berish boshlandi. So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, katta farq bilan mamlakatning amaldagi Bosh vaziri Abi Ahmed ustunlik qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, saylovlarda ovoz berish uchun butun mamlakat bo‘ylab 50 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq mamlakat Milliy saylov kengashi Tigray mintaqasida saylovlar o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan. Bunga asosiy sabab qilib 2020 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda mintaqada keng miqyosdagi norozilik namoyishlarining fuqarolar urushiga aylanib ketgani ko‘rsatilgan. Namoyishchilar o‘shanda Abiy Ahmed hukumati iste’foga chiqishini talab qilgan. Qonli fojiaga aylanib ketgan namoyishlar 2022 yildagina bostirilgan.
BBC’ga ko‘ra, 49 yoshli Abi milliy siyosatda o‘z mavqeini yanada mustahkamlashga intilmoqda. U 2018 yilda Efiopiya Xalq inqilobiy demokratik fronti (EPRFD) koalitsiyasiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng iste’foga chiqqan sobiq bosh vazir Hailemariam Desalegn o‘rniga tayinlangan. 2020 yilgi parlament saylovlarida esa katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan. O‘shanda Abi Ahmedning partiyasi parlamentdagi 484 o‘rindan 410 tasini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida, Efiopiya Afrikadagi eng yirik aholiga ega davlat hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda 138 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning yarmidan ko‘pini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Efiopiya poytaxti Addis-Abebada 3 ta yirik portlash sodir bo‘lgani va qurbonlar soni yashirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi