Efiopiya poytaxtida uch portlash. Qurbonlar soni yashirilmoqda
Olam
−
01 iyul 2020
4922Kecha, 30 iyun kuni Efiopiya poytaxti Addis-Abebada uchta portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor, ammo ularning soni ko‘rsatilmagan.
"Portlashlarni sodir etganlarning bir nechtasi o‘ldirildi. Bundan tashqari, begunoh odamlar ham halok bo‘ldi", dedi shahar politsiyasi komissari Endeshou Tasev.
Addis-Abeba va Oromiya shaharlarida musiqachi va siyosiy faol Haakaaluu Xundessaning o‘ldirilgani haqidagi xabardan keyin ko‘chalarda olomon to‘plana boshladi.
Namoyish paytida yig‘ilganlar mashina shinalarini yoqishdi va hukumatga qarshi shiorlar bilan qichqirishdi. Ayrim o‘rinlarda mazkur tartibsizliklar politsiya bilan to‘qnashuvlarga ham olib keldi.
LiveBarchasi