Ebola balosi: Virus bilan kasallanganlar soni 4 000 dan oshdi
Olam
−
12:54 303 1 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasidagi Ebola virusi tarqalishi davom etayotgan epidemiya davrida tasdiqlangan kasallanishlar soni ilk bor 4 000 dan oshdi. Bu haqda mamlakat hukumati ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Mamlakatdagi jamoat salomatligi institutining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, hozirgacha 4 053 nafar kishida Ebola virusi tasdiqlangan. Ularning 1 850 nafari vafot etgan.
Mutaxassislar infeksiya rasman 15 may kuni e’lon qilinganidan bir necha oy oldin ham tarqala boshlagan bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun haqiqiy kasallanganlar soni rasmiy ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lishi ehtimolini bildirmoqda. Kasallik mamlakatning Ituri, Shimoliy Kivu, Janubiy Kivu, O-Uele va Chopo viloyatlarida qayd etilgan.
“Science” jurnalida o‘tgan oy e’lon qilingan tadqiqotda epidemiya joriy yilning yanvar oyida, ehtimol undan ham oldin Ituri viloyatida boshlangani qayd etilgan. Tadqiqotchilar yanvar o‘rtalaridan 15 mayga qadar 500 dan ortiq gumonli holatni aniqlagan.
Mutaxassaslarning ta’kidlashicha, kasallikning kech aniqlanishi, epidemiologik nazorat tizimining ortiqcha yuklama ostida qolishi, harbiy mojarolar hamda mazkur virus turiga qarshi vaksina va davolash vositalarining yetishmasligi epidemiyani jilovlashni qiyinlashtirgan.
Ma’lumot uchun, hozirgi epidemiya dunyoda qayd etilgan ikkinchi eng yirik Ebola tarqalishi hisoblanadi. Bundan kattaroq epidemiya 2014–2016 yillarda G‘arbiy Afrikada kuzatilgan bo‘lib, Gvineya, Liberiya va Serra-Leoneda 28 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust