Dzyudo. O‘zbekiston Gran-pri turnirini bitta medal bilan yakunladi
Sport
−
31 yanvar 2022
3465Kecha, Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin medal bilan turnirni yakunladi.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Murodjon Yo‘ldoshev ushbu musobaqa qahramoniga aylandi. U g‘alaba yo‘lida Finlyandiya, Niderlandiya, Gruziya, Mo‘g‘uliston va Ispaniya mamlakati vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba unga jahon tasnif jadvali uchun 700 ochko taqdim etadi.
Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik boshqa dzyudochilar medallar uchun kurashni erta yakunlagan bo‘lsa-da qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘ldi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha Janubiy Koreya terma jamoasi yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Niderlandiya, 3-pog‘ona esa Portugaliya vakillariga nasib qildi.
1. Janubiy Koreya (4-1-4)
2. Niderlandiya (2-1-1)
3. Portugaliya (2-0-2)
LiveBarchasi