Dzyudo: Sharofiddin Boltaboyev 10 daqiqalik bahsdan so‘ng chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
27 iyul 2021
3162Dzyudo bo‘yicha -81 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Boltaboyev bolgariyalik Ivaylo Ivanov bilan bahs olib bordi va yakunda g‘alaba qozondi. Bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, dzyudochilar “oltin ochko” uchun bellashdi.
Sharofiddin Boltaboyev 10 daqiqa davom etgan bellashuvda “vazari” bahosi evaziga g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu bosqichda unga 2019 yilgi Jahon chempioni avstriyalik Shamil Borchashvili raqiblik qiladi.
Sharofiddin Boltaboyev dastlabki bosqichda vanuatulik Ugo Kumbogani bilan bahs olib borgan va ippon bahosi bilan g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi