Dzyudo. IJF reytingida Bobonov yetakchi, Yo‘ldoshev 24 pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
01 fevral 2022
3335Dzyudo bo‘yicha Portugaliya gran-prisi yakuniga yetgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Almada shahridda o‘tgan turnirda 73 kg vazntoifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Murodjon Yo‘ldoshev 24 pog‘ona yuqoriladi va 22-o‘ringa joylashdi. Turnirda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, 90 kg vaznda Davlat Bobonov peshqadamlikni saqlab qoldi. Ushbu vazn yetakchisi gruziyalik Lasha Shavdatuashvili hisoblanadi.
-60 kg vaznda Kamron Nurullayev avvalgi o‘rniga nisbatan ikki pog‘onaga, uning akasi Sardor esa -66 kg vazn reytingida bir o‘ringa pastlagan.
Sardor Nurullayev, Hikmatulloh To‘rayev, Sharofiddin Boltaboyev va Gulnoza Matniyazova jahon reytingining TOP-10 dzyudochilari safidan joy egallagan.
60 kg vazn toifasi
1. Yang Yung Vey (Xitoy Taypeyi) – 4510 ochko
20. Kemran Nurillayev (O‘zbekiston) – 1792 ochko
66 kg vazn toifasi
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 4340 ochko
7. Sardor Nurillayev (O‘zbekiston) – 3269 ochko
73 kg vazn toifasi
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5575 ochko
9. Hikmatulloh To‘rayev (O‘zbekiston) – 2602 ochko
22. Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) – 1502 ochko
81 kg vazn toifasi
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6250 ochko
3. Sharofiddin Boltaboyev (O‘zbekiston) – 4066 ochko
90 kg vazn тоифаси
1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 5844 ochko
33. Shermuhammad Jandreyev (O‘zbekiston) – 1140 ochko
100 kg vazn toifasi
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5460 ochko
14. Muhammadkarim Hurramov (O‘zbekiston) – 2391 ochko
18. Muzaffarbek To‘raboyev (O‘zbekiston) – 1600 ochko
49. Aqlmurodbek Xudoyberdiyev (O‘zbekiston) – 626 ochko
+100 kg vazn toifasi
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 6574 ochko
25. Alisher Yusupov (O‘zbekiston) – 1447 ochko
33. Bekmurod Oltiboyev (O‘zbekiston) – 982 ochko
Ayollar. 52 kg vazn toifasi
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 4990 ochko
11. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) – 2560 ochko
50. Sita Kadambayeva (O‘zbekiston) – 530 ochko
70 kg vazn toifasi
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5498 ochko
9. Gulnoza Matniyazova (O‘zbekiston) – 2677 ochko
Ma’lumot uchun, Ilias Iliadis murabbiyligidagi O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi joriy yilning 3-5 fevral kunlari Parij “Katta Dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi.
LiveBarchasi