Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

Sport

image
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohat oldi va Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulotlar paytida oyog‘ining to‘piq qismida noqulaylik his qilgan. Dastlabki tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalariga ko‘ra, Yo‘ldoshevning eski jarohati bezovta qilgan va uning tiklanishi uchun 1 oydan ko‘proq vaqt talab etiladi. Shu sababli, Ibrohimhalil Jahon chempionatida ishtirok etolmaydi.

Ma’lumot uchun, Farg‘onaning “Neftchi” klubi a’zosi 2024 yilda Temur Kapadze boshchiligidagi Parij Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohati sabab jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgandi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Yo'ldoshev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing