“Dushmanlar kuyib o‘lsin”. Shimoliy Koreya taktik yadroviy zarba berish mashqlarini o‘tkazdi

Olam

image

Shimoliy Koreya “dushmanlarini mamlakat yadroviy urushga tayyorligidan ogohlantirish” maqsadida ikkita uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalar yordamida simulyatsiya qilingan taktik yadroviy zarba berdi. Bu haqda KCNA davlat axborot agentligi ma’lumotlariga tayanib “Reuters” xabar berdi.

KCNA’ga ko‘ra, mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli bo‘lgan, ikkita qanotli raketa Koreya yarim orolining G‘arbiy dengiziga qarab, soxta yadro kallaklarini olib borgan va 150 metr balandlikda 1500 kilometr masofaga uchgan.

Pxenyan, shuningdek, AQSH va Janubiy Koreyaga qarshi harbiy to‘xtatuvchi kuchini yanada oshirishiga shama qilgan.

Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In dengiz dvigatellari ishlab chiqaradigan Pukchjun mashinasozlik majmuasi va o‘q-dorilar zavodiga tashrif buyurib, Pxenyan harbiy-dengiz kuchlarini mustahkamlash muhimligini aytib o‘tdi.

“U Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining bo‘lajak plenumi kompleksni muhim modernizatsiya qilish va kemasozlik sanoatini rivojlantirish yo‘nalishini belgilashini tasdiqladi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, raketaning so‘nggi sinovi Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlarning V-1V bombardimonchi samolyotlari ishtirokidagi yillik qo‘shma mashg‘ulotlari payshanba kuni yakunlanganidan so‘ng amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya Sariq dengizga bir nechta qanotli raketalarini uchirgan edi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shimoliy Koreya yadroviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing