Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 29 sentyabr kuni Tojikistonga bordi.

Tashrif davomida Dushanbe shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ikki davlat delegatsiyasiga Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarik qildi.

“Uchrshuvda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muhim masalalar tahlil va muhokama qilindi. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha aniq rejalar taklif qilindi”, deyiladi Tojikiston milliy axborot agentligi xabarida.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 baravarga o‘sgan: 2015 yildagi 12 million dollardan 2019 yilda 362 million dollarga yetgan. 2020 yil olti oyi davomida O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 217 million dollardan oshgan. O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi Tojikistonning xorijiy mamlakatlar bilan savdo hajmining 7 foizidan ortig‘ini tashkil etdi.

“Tomonlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim vafan, sog‘liqni saqlash, savdo, saromayalar, energetika, bojxona, eksport va madaniyat, shuningdek, yo‘llar va transport sohalarini tahlil qildilar”, deyiladi xabarda.

Yakunda tomonlar tegishli qarorlarni imzolagan. Ammo qanday qarorlar ekani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Tomonlar bugun mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovini tiklash va chegalarni ochish masalasini muhokama qilishlari va hal qilishlari kutilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov Dushanbega tashrifi davomida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston Abdulla Aripov Qohir Rasulzoda

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing