Dushanbe meri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Jamiyat
−
04 dekabr 2019
7297Dushanbe shahri meri Rustam Imomali O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik. Kecha, 3 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan Rustam Imomali bugun, 4 dekabr kuni Samarqandga borib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Rustam Imomaliga Samaraqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohlik qilgan.
Dastlab delegatsiya a’zolari Hazrati Hizr majmuasini ziyorat qilgan. So‘ng Imom Buxoriy yodgorlik majmuida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan ishlar, yangilanish jarayoni va o‘zgarishlar bilan tanishdilar. Xalqimizdan yetishib chiqqan ulug‘ siymolar, ularning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Mehmonlar uchun qadim Samarqandning madaniy yodgorliklari, muqaddas qadamjolari va ishlab chiqarish majmualari buylab sayohat tashkil etilgan.
LiveBarchasi