Durovning ma’shuqasi Isroil razvedkasiga ishlaganlikda gumon qilinmoqda
Olam
−
29 avgust
36652Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning ma’shuqasi Yuliya Vavilova Isroil razvedka xizmati “Mossad” agenti bo‘lishi mumkin. Bu versiya Britaniyaning “Daily Mail” nashri saytida paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Vavilova ijtimoiy tarmoqlarda o‘z geolokatsiyasini e’lon qilib turgan. Bu Fransiya huquqni muhofaza qilish organlariga Durovni Parijdagi Le Burje aeroportida hibsga olishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini bergan, deb taxmin qilinmoqda.
“Kuzatuvchilar uning Instagram sahifasida geolokatsiya ma’lumotlariga ega bo‘lgan postlari fransuz rasmiylarini uning harakatlari haqida ogohlantirgan va uning qo‘nishini kutishga imkon bergan, deb hisoblashadi”, deyiladi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durov 5 million yevro garov puli evaziga hibsdan ozod qilingan edi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turish sharti qo‘yildi.