Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Durov 7 oylik “tutqinlik”dan so‘ng Dubayga qaytdi

Olam

image

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Fransiyani tark etib, Dubayga yo‘l oldi. Bu haqda “Barron’s” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 mart kuni Fransiya sudi tomonidan Durovga mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berilgan. Sud qaropining aniq shartlari oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, Durovning Dubayga ketishi yurisdiksiya, shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi va texnologik kompaniyalar rahbarlarining platformalarida noqonuniy faoliyatga qarshi kurashish mas’uliyati haqidagi bahslarni yana jonlantirgan.  

AFP agentligi noma’lum manbalarga tayanib, “U (Durov) bugun ertalab Fransiyani tark etdi” deb xabar bergan. Boshqa bir manbaga ko‘ra, unga Fransiyani “bir necha haftaga” tark etish uchun ruxsat berilgan.  

Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov o‘tgan yili 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. “Politico” nashriga ko‘ra, Fransiya hukumati Durovni hibsga olish uchun orderni 2024 yil 25 martda bergan. Shu bilan birga, uning akasi, Telegram asoschisi Nikolay Durovni hibsga olish uchun ham order berilgandi. Hibsga olish uchun orderlar “voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini egallash, tarqatish yoki ulardan foydalanishni taklif qilishda ishtirok etganlik” uchun chiqarilgan.  

26 avgust kuni tushdan keyin Fransiya prokuraturasi 12 ta jinoyat bo‘yicha noma’lum shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida press-reliz e’lon qildi. Ular orasida vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishdan bosh tortish, voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini saqlashga sheriklik, giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish, xakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish kabilar bor.  

28 avgust kuni Durov Parijda hibsdan 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turishi sharti qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Durov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing