Durovning hibsga olinishi Fransiya va Rossiya o‘rtasida yangi keskinlikni keltirib chiqarmoqda – WSJ
Olam
−
26 avgust
10868Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi Fransiya va Rossiya o‘rtasida yangi keskinlikni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda fransuz rasmiysiga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Pavel Durovning Fransiya hukumati tomonidan hibsga olinishi Moskva bilan yangi keskinlikni keltirib chiqargan. Bundan tashqari nashr Telegram’ning postsovet mamlakatlarida keng tarqalgani, Rossiya va Ukraina undan mojaro haqida ma’lumot berish uchun foydalanayotganini ta’kidlaydi. Shuningdek, Durov shifrlangan Telegram xabarlarini buzishga intilayotgan G‘arb razvedka idoralari uchun “qimmatli aktivga” aylanishi mumkin.
Ayrim nashrlarning yozishicha, Rossiyada davlat amaldori va barcha rasmiylarga Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni Durov shaxsiy samolyotida Le Burje aeroportiga qo‘nganda hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya rasmiylari Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi bilan Durovni hibsga olish bo‘yicha hamkorlik qilishni rad etgan. Hozirda Durov bir qator sabablarga ko‘ra, jumladan Telegram mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun jinoyatlarga aloqador deb hisoblanmoqda. Messenjer asoschisi, jumladan, terrorizm, narkotik moddalar savdosi, firibgarlik va pul yuvishda ayblangan, unga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkinligi aytilmoqda.
LiveBarchasi