Durov Rossiya va BAA yordamini rad etdi – “Politico”
Olam
−
06 Sentabr
4167Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) unga taklif qilgan diplomatik yordamdan bosh tortdi. Bu haqda fransuz rasmiysiga tayanib, “Politico” gazetasi xabar berdi.
“Pavel Durov Rossiya konsullik himoyasidan va BAA konsulligi vakilining tashrifidan bosh tortdi, biroq BAA elchixonasini vaziyatdan xabardor qilib turishga rozi bo‘ldi”, deydi manba.
Ma’lumot uchun, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya tomoni Pavel Durov ishi bo‘yicha Fransiya TIVga so‘rov yuborganini, biroq tadbirkorning Fransiya pasporti borligini inobatga olib, milliarderga nisbatan bu davlatning yurisdiksiyasi muhimligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durov hibsga olinganidan keyin birinchi marta Fransiya rahbariyatining adolatga yondashuvini qoralovchi munosabatini e’lon qilgandi. Uning fikricha, texnologiyalarni ishlab chiquvchi shaxslar ushbu texnologiyalardan jinoiy maqsadlarda foydalanadiganlarning noqonuniy faoliyati uchun javobgar bo‘lishi mumkin emas.
LiveBarchasi