Durov Qozog‘istonga safari haqida yozdi

Olam

image

20 million qozog‘istonlikning 12,5 millioni hozirda Telegram’dan foydalanmoqda. Bu haqda platforma asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Yaqinda Markaziy Osiyoning iqtisodiy qudrati bo‘lgan Qozog‘istondan qaytdim. Muhtasham Ostona, jo‘shqin Olmaota, xushmanzara Burabay va go‘zal Chorin kanyoniga tashrif buyurdim. Qozog‘istonning go‘zalligi bilan faqat uning ambitsiyalari raqobatlasha oladi”, deydi Durov.

Durovning ta’kidlashicha, 20 million qozog‘istonlikning 12,5 millioni hozirda Telegram’dan foydalanmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.

“Biz qozoq xalqi uchun asosiy muloqot platformasi bo‘lib xizmat qilishdan faxrlanamiz va uning jadal iqtisodiy hamda raqamli transformatsiyasini tezlashtiradigan vosita bo‘lib qolishga umid qilamiz”, deydi Durov o‘z xulosasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durov O‘zbekistonga safari haqida yozib, 37 millionlik mamlakat aholisining 70 foizdan ortig‘i Telegram platformasidan foydalanishi va ularning butun bir iqtisodiyoti ushbu platformada olib borilishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Telegram Durov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing