Durov Fransiyani tark etolmayotganidan norozi bo‘ldi
Olam
−
10 iyun 4090 2 daqiqa
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov hozirgacha Fransiyani tark eta olmaganidan ajablanayotgani va bundan norozi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan intervyuda so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatda Telegram foydalanuvchilarining bir foizdan kamrog‘i yashashiga qaramay, u Fransiya hududidan chiqib keta olmayapti.
Bugungi kunga kelib, uni jinoyatchilar Telegram’dan foydalangani va ularga qarshi yetarli choralar ko‘rmagani uchun “sohaviy hamkor” sifatida ayblagan. Durov bu ayblovni haddan tashqari keng talqin deb hisoblagan. Uning aytishicha, Telegram dunyo bo‘ylab 1 milliard foydalanuvchiga ega va kompaniya yuridik masalalarga katta mablag‘ ajratmoqda.
Durov, shuningdek, hibsga olingach, 4 kun oynasiz va to‘shaksiz kamerada ushlab turilganini bildirgan. U telefonini faqat Telegram’ni test qilish uchun ishlatgani, hattoki unda SIM-karta ham bo‘lmaganini ta’kidlagan.
Durovning aytishicha, Fransiya hukumati unga nisbatan qanday asosda surishtiruv olib borayotgani hali ham aniq emas. Unga ko‘ra, avvaliga fransuz amaldorlari Telegram’ni “rasmiy so‘rovlarga javob bermaganlikda” ayblagan. Biroq Durovning da’vo qilishicha, 2023 yil sentyabrigacha Telegram hech qanday qonuniy talabga asoslangan hujjat olmagan. Bu esa Fransiyaning o‘z qonunlarini va Yevroittifoq me’yorlarini buzganini anglatadi.
“Keyinchalik, amaldorlar Telegram’ni kontentni yetarli darajada modellar (filtrlash) qilmaganlikda ayblagan, biroq bu ayblov mustaqil sud ekspertizasi natijasida rad etilgan”, degan Telegram asoschisi.
Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklarining fuqarosi bo‘lgan Durov 2024 yilning avgustida Fransiya aeroportida hibsga olinganidan beri Fransiyada sud nazorati ostida bo‘lib kelgan. Sentyabr oyida unga o‘zi boshqaradigan shifrlangan xabar almashish platformasi Telegram orqali noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq oltita ayblov bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilingan.
Tergov jarayonida Durov 15 mart kunidan 7 aprel kunigacha Dubayda bo‘lgan. Biroq boshqa xorijiy safarlarga chiqishiga ruxsat berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pavel Durov rasmiy Parijni Ruminiyadagi saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblagandi. Rasmiy Parij esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi va barchani mas’uliyat va Ruminiya demokratiyasini hurmat qilishga chaqirdi. Shundan so‘ng, Parij Durovning potensial investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun AQSHga borishiga ruxsat bermadi va bu safar uchun asos yo‘qligini bildirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr