Do‘rmondagi 3 ta uy yonib ketdi (video)
Jamiyat
−
24 mart
7247
Avvalroq, Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Do‘rmon MFYda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Hududda joylashgan 3 ta xonadon yongan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 19:33 da o‘rab olinib, soat 20:10 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonning taxminan 415 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, yong‘inni bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashishga mo‘ljallangan texnika jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi