Ramazon va Qurbon hayitlariga Ukrainada davlat diniy bayrami maqomi beriladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda Ramazon va Qurbon hayitlarini davlat diniy bayramlari maqomini olish to‘g‘risidagi farmonni imzolashni rejalashtirmoqda.

Ukraina Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda Zelenskiy Qrim tatarlari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Prezident Qrim tatar xalqining vakillariga murojaat qilgan. U Ukrainada barcha birdek yashashi mumkin bo‘lgan davlat qurish niyatida ekanini aytib o‘tgan.

“Biz har bir kishi o‘zini Ukraina fuqarosi, deb his qiladigan davlat qurmoqchimiz. Men har bir kishi o‘z xalqining tarixi va urf-odatlarini unutmasdan, o‘zini to‘la huquqli fuqaro sifatida his etishini istardim. Biz sizni nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham, qonunchilik darajasida ham qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, deya ta’kidladi.

Prezident qrim tatarlari yuqori diplomatik darajada namoyish etilishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Shuning uchun Emina Japarovani Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlashga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Hayit

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing