Ukrainada Starshield’dan foydalanish huquqi yo‘q – Rubio
Olam
−
12:31 556 1 daqiqa
Ukraina hali Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Amerikaning Starshield harbiy sun’iy yo‘ldosh tizimiga kirish huquqini olmagan. Bu haqda kecha, 18 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio C-SPAN nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya hududining ichkari qismiga zarbalar berish uchun tizimga kirishni so‘ragan, ammo bu masala bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda.
“Starlink tijorat mahsulotidir. Shuning uchun u shunga mos ravishda tartibga solingan va foydalanish uchun Ukrainaga berilgan. Starshield esa mudofaa va harbiy mahsulotdir. Bu Qo‘shma shtatlarning mulki”, deb aytgan Rubio.
U Starshield AQSH harbiylari tomonidan ishlatilishini, ammo hali Ukrainaga foydalanish uchun berish rejada yo‘qligini aytgan.
“Ukraina armiyasining Starlink’dan foydalanishida hech qanday cheklovlar yo‘q. Hech kim Starlink tezligini pasaytirish haqida buyruq bermadi. Bu tizimdagi xatolar sababli sodir bo‘lgan edi. Lekin hozirgi paytda muammo hal qilindi, tezlik allaqachon tiklangan”, deb qo‘shimcha qilgan Davlat kotibi.
Shuningdek, Oq uy Ukraina harbiylari uchun Starlink tezligini ataylab cheklagani haqidagi ayblovlarning soxta ekanligi aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina armiyasi uchun Starlink qay darada muhim ekanligi haqida ma’lumot berilgan edi.
Jo‘rayev Shahriyor
Live
Barchasi