Dunyoning yirik davlatlari qarzi rekord darajada oshib ketdi
Olam
−
26 avgust 2020
8757Yirik iqtisodiyotga ega davlatlar koronavirusga qarshi kurash uchun xarajatlarni oshiryapti. Natijada ularning davlat qarzi Ikkinchi jahon urushi davridan beri rekord darajada oshib ketdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga asoslanib, xabar berdi.
Masalan, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning qarzi 2020 yil iyul oyida dunyo yalpi ichki mahsulotining 128 foiziga teng bo‘lgan. 1946 yilda bu ko‘rsatkich 124 foizga teng bo‘lgan.
AQSHning sobiq Prezidenti Jorj Bush davrida bosh iqtisodiy maslahatchi bo‘lgan Glenn Xabbard hukumatlar qarz miqdori ortayotgani uchun qayg‘urmasligi kerakligini aytdi. Uning fikricha, virus tarqalishini nazorat qilish muhimroq, qolgani urushda bo‘lganidek ketadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatlarning rivojlanishi qarz miqdorini tezlik bilan qisqartirishga imkon bergan. 1959 yilda qarz miqdori ikki baravardan ko‘proq kamaygan va dunyo YAIMning 50 foizidan kamrog‘ini tashkil qilgan.
Ammo nashr bu safar bunday natijaga erishish qiyinroq bo‘lishini aytmoqda. Bunga aholi ko‘payishi sekinlashgani, ishchi kuni kamaygani va ishlab chiqarish qisqargani sabab qilib ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi