Dunyoning yarmi bizning diktaturamizni orzu qiladi – Lukashenko

Olam

image

Dunyoning yarmi Belarusdagi diktaturani orzu qiladi. Bu haqda bugun, 25 mart kuni mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko Mustaqillik saroyidagi inauguratsiya marosimida so‘z ochdi.

“Yarim dunyo bizning diktaturamizni orzu qiladi – haqiqiy amallar va xalqimiz manfaatlari diktaturasini”, dedi u.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, mamlakatda so‘z erkinligi bilan hammasi joyida.

“Bizda o‘zini demokratiya namunasiman, deb atayotganlardan ham ko‘proq demokratiya bor”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda har bir fuqaro konstitutsiyaviy huquq va imkoniyatga ega bo‘lib, o‘z fikrini bildira oladi.

“Lekin avlodlar tomonidan barpo etilgan hamma narsani yo‘q qilishga chaqirish kerak emas. Biz so‘z erkinligidan o‘z mamlakatimizni vayron qilish uchun kaltak sifatida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, bugun, 25 mart kuni Lukashenko yettinchi bor qasamyod qildi. Inauguratsiya Mustaqillik saroyining Tantana marosimlari zalida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda prezidentlik saylovlari joriy yilning 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgandi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenko 86,82 foiz ovoz to‘plagan. Belarus Ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakovning aytishicha, mamlakat tarixida hali bunaqa tinch saylovlar va saylovoldi kampaniyasi bo‘lmagan. 2020 yilda esa Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng bir necha kun davomida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi, ularning ishtirokchilari Lukashenkoning g‘alabasini tan olishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Aleksandr Lukashenko diktatura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing