Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) 2025-2026 yillar uchun top-1000 reytingini e’lon qildi. Bu haqda CWUR matbuot xizmati xabar berdi.  

Reytingning birinchi pog‘onasini AQSHning Garvard universiteti egallagan. Kuchli o‘nlikka (Top-10) Amerikaning sakkizta va Buyuk Britaniyaning ikkita oliy ta’lim muassasasi kirgan. Ular qatorida Stenford universiteti, Massachusets texnologiya instituti, shuningdek, Kembrij universiteti, Oksford universiteti, Yel universiteti, Pensilvaniya universiteti, Kolumbiya universiteti. Eng yaxshi o‘ntalikning so‘nggi o‘rnini Kaliforniya texnologiya egallagan.

“Top-10 talikka kirgan universitetlar va qolgan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi farq tobora kengayib bormoqda. Reytingdagi asosiy omil – bu ilmiy tadqiqotlardir. Agar hukumatlar o‘z universitetlari reytingning yuqori qismidagi institutlar bilan raqobatlashishini xohlasalar, ilmiy ishlarga sarmoya kiritishlari kerak”, deydi tashkilot prezidenti Nadim Mahassen.

CWUR’ning 2025-2026 yilgi reytingidan 60 dan ortiq davlatning o‘quv yurtlari joy olgan. Jumladan, unda AQSHning 200 dan ziyod, Xitoyning 100 dan ortiq va Buyuk Britaniyaning 60 dar ortiq universiteti bor. Qolgan o‘rinlarni Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa rivojlangan davlatlar bo‘lishib olgan. Ushbu reytingda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan birortasi joy olmagan.

Qayd etilishicha, Top-1000 ro‘yxati quyidagi omillar asosida tuziladi: bitiruvchilar va akademiklar orasida xalqaro tanlovlar g‘oliblari soni, ularning ish bilan bandligi, shuningdek, ilmiy ishlarning soni, nufuzi va ularga bo‘lgan iqtiboslar soni.

Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) – ta’lim va tadqiqot faoliyati sifatini oshirish maqsadida davlat hokimiyati organlari hamda universitetlarga uslubiy va strategik tavsiyalar hamda konsalting xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan yetakchi konsalting kompaniyasidir. CWUR dunyodagi eng yirik universitetlar reytingini chop etadi. Ushbu reytingni tuzishda oliy o‘quv yurtlari, ular tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalar va ma’lumotlardan qat’i nazar, ta’lim sifati, bitiruvchilarning ishga joylashish istiqbollari, tadqiqotlar darajasi va innovatsiyalar sohasidagi faoliyati bo‘yicha baholanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islandiya, Yangi Zelandiya, Shveysariya, Sloveniya va Irlandiya dunyodagi eng xavfsiz 5 ta davlat deb tan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting universitet Garvard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing