Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida yetakchi o‘zgarmadi

Sport

image

Ukrainalik professional bokschi Aleksandr Usik ayni paytda vazn toifasidan qat’i nazar (P4P), dunyoning eng yaxshi jangchilarining yangilangan reytingida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.

Reytingda yuqori uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. 2-o‘rinda yaponiyalik Naoya Inoue, 3-o‘rinda amerikalik Terens Krouford qayd etildi.

Kuchli o‘nlikda bitta o‘zgarish bo‘ldi. Yaponiyalik Yunto Nakatani to‘qqizinchi, Errol Spens esa 10-o‘ringa ko‘tarildi.

P4P reytingi:

1.Aleksandr Usik;
2.Naoya Inoue;
3.Terens Krouford;
4.Saul Alvares;
5. Jessi Rodriges;
6.Artur Beterbiyev;
7.Dmitriy Bivol;
8. Jervonta Devis;
9.Yunto Nakatani;
10.Errol Spens.

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Amerikaning Los-Anjeles shahrida P4P yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Mazkur jangdagi g‘alaba Madrimovni P4P reytingiga kiritishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Usik Terens Krouford Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made