Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
13 iyul
7855"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan.
O‘zbekistondan tashqari Kuba, Mongoliya va Mozambik kabi mamlakatlar ham 79-o‘rinda qayd etilgan.
Reytingda birinchi o‘rinni Singapur pasporti egallagan bo‘lib, ushbu mamlakat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Reytingda ikkinchi o‘rinni esa Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Ispaniya (194 ta davlatga vizasiz kirish) band qilgan. Avstriya, Finlyandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Shvetsiya esa 193 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyati bilan reytingning uchinchi o‘rnini egallagan.
Shuningdek, Ukraina 32-o‘rin (149 ta davlat), Rossiya 50-o‘rin (120 davlat), Turkiya 51-o‘rinni (118 davlat) qayd etgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi o‘rni quyidagicha:
- Qozog‘iston 67-o‘rin (79 ta davlat);
- Qirg‘iziston 78-o‘rin (65 ta davlat);
- Tojikiston 82-o‘rin (60 ta davlat);
- Turkmaniston 90-o‘rin (52 ta davlat);
LiveBarchasi