Dunyoning eng kichik davlatida ham koronavirus aniqlandi

Olam

image
Xitoy dunyo bo‘ylab koronavirusni “tarqatgani” uchun uzr so‘raydimi? north_east

Xitoy dunyo bo‘ylab koronavirusni “tarqatgani” uchun uzr so‘raydimi?

Dunyoning eng kichik davlati – Vatikanda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni "Reuters" agentligi xabar bermoqda.

Vatikan matbuot kotibi Matteo Bruni, virus kecha, 5 mart kuni aniqlanganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu holat bo‘yicha Vatikan Italiya sog‘liqni saqlash organlariga xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Rim Papasi koronavirus bilan chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik Papa koronavirus testidan o‘tgani va unda virus aniqlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Vatikan davlati Italiya Respublikasi bilan o‘ralgan. Italiya esa dunyodagi koronavirus o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda hozircha 3 858 nafar odam virusga chalingan. Ularning 148 nafari vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 98 611 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3388 kishi vafot etdi. 54 994 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80555 bemor – 3042 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (6593 – 42), Italiya (3858 – 351), Eron (3513 – 108), Yaponiya (1000 – 29), Germaniya (534 – 0), Fransiya (423 – 23), Ispaniya (248 – 7), AQSH (233 – 14), Singapur (117 – 0), Gonkong (105 – 2).


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Koronavirus Rim Papasi Vatikan

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing