Xitoy dunyo bo‘ylab koronavirusni “tarqatgani” uchun uzr so‘raydimi?

Olam

image
Koronavirus qurbonlari soni 3400 ga yaqinlashdi north_east

Koronavirus qurbonlari soni 3400 ga yaqinlashdi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan “Fox News” nashrining Pekin koronavirus tarqalishi uchun kechirim so‘rashi kerakligi haqidagi fikriga izoh berib, Xitoy uzr so‘rashi kerak degan qarash mutlaqo asossiz ekanligini aytdi. Bu haqda AiF xabar bermoqda.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning qayerdan kelib chiqqani hali aniqlanmagan.

"Qayerda paydo bo‘lishidan qat’i nazar Xitoy ham, boshqa davlatlar ham uning qurboniga aylanishdi va uning tarqalish xavfiga qarshi birgalikda kurashmoqda", deb qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov koronavirusning tarqalishiga Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyasi sababchi ekanligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing