Dunyoning eng keksa monarxlaridan birinchi bo‘lib Yelizaveta II emlanadi – OAV

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp yaqin haftalarda koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin. Emlash shifokorlar tavsiyasi asosida amalga oshiriladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda. 

Manbalarning gazetaga xabar berishicha, qirollikning birinchi raqamli juftligi vaksinatsiyaning ikkinchi bosqichida emlanishadi. Buyuk Britaniyadagi ushbu bosqichda vaksinani 80 yoshdan oshganlar oladi, deb taxmin qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i buni shaxsiy shifokorlarining maslahati bilan amalga oshiradi.

Bukingem saroyi qirol oilasida tibbiy qarorlarning maxfiyligini aytib, bu xabarga izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon birinchi marta noyabr oyi boshida ommaga himoya niqobi taqqan holda ko‘rinish bergan edi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada qirolicha Yelizaveta II maxsus koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan qo‘lqoplarga ega bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II jahondagi eng keksa monarxlardan biri hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II Filipp

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing