Dunyoga mashhur binolar O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 1 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi keng tarzda nishonlandi. Shu munosabat bilan, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi mashhur binolarda o‘zbek xalqini tabriklash maqsadida O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlandi. 

Dubayda dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa va Palmaning favvoralari O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. 

Turkiya poytaxti Anqarada Atako‘le teleminorasi, egizak binolar, Istanbulda esa afsonaviy Fotih Sulton Mehmet ko‘prigi O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi. 

Malayziyada mashhur Petronas egizak minoralari maydoni, Kuala-Lumpur meriyasi binosi (Malayziyadagi eng katta LED-ekran) va Saloma Link piyodalar ko‘prigi O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi. 

AQSHning Nyu-York shahridagi Tayms-skver ekranida ham O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlandi. 

Shuningdek, AQSH va Kanadaning asosiy diqqatga sazovor joyi, dunyoga mashhur Niagara sharsharasi ham mustaqillikning 30 yilligi sharafiga O‘zbekiston
bayrog‘i ranglarida yoritildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Malayziya

Baholaganlar

463

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing