Dunyodagi eng tor uy qurildi

Bu qiziq

image

Peru shimolidagi Uaral provinsiyasi, Aukalyama tumanida kengligi bor-yo‘g‘i 63 santimetr bo‘lgan, to‘liq funksional dunyodagi eng tor uy barpo etildi. Bu haqda “Oddity Central” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu turarjoy mahalliy fuqaro Fabio Moreno tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan. Tashqi ko‘rinishidan ko‘cha art-installyatsiyasiga o‘xshasa-da, uyda zamonaviy yashash uchun barcha zaruriy qismlar mavjud: yuvinish xonasi, oshxona, ovqatlanish xonasi, yo‘lak, yotoqxona, ish xonasi, kir yuvish xonasi va ikki qavatni bog‘lovchi ikkita zina bor.

Uy Aukalyamaning bosh maydoni ro‘parasida joylashgan bo‘lib, istagan kishi uni borib ko‘rishi mumkin. Biroq joy juda tor bo‘lgani sababli bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq kishining ichkarini ko‘zdan kechirishi imkonsiz.

Morenoning so‘zlariga ko‘ra, bunday inshootni qurishdan maqsad – baxt uyning hajmiga emas, balki mavjud maydondan qanchalik samarali foydalanishga bog‘liqligini ko‘rsatishdir. Uyning g‘ayritabiiy shakli va yorqin ranglari minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Taxmin qilinishicha, u tez orada mashhur turistik maskanga aylanadi.

Moreno allaqachon Ginnesning rekordlar kitobiga “dunyodagi eng tor uy” unvoni uchun ariza topshirgan, ammo rekordni tasdiqlash jarayoni bir oz vaqt talab qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida dunyodagi eng baland ko‘prik – Huajiang Grand Canyon ko‘prigi uch yillik qurilishdan so‘ng ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Peru Uaral Aukalyama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing