Dunyodagi eng katta oyna bilan qoplangan bino qanday ko‘rinishda? (foto)

Bu qiziq

image

Dunyodagi eng katta oyna bilan qoplangan bino “Maraya” (“Ko‘zgu”) konsert zali bo‘lib, u Saudiya Arabistoni Al-Ula cho‘l hududida joylashgan. Mazkur noodatiy binoning fotosuratlari CNN nashri tomonidan taqdim etildi.

2020 yilgi Ginnesning rekordlar kitobiga “Dunyodagi eng katta oyna bilan qoplangan bino” nomi ostida kirgan “Maraya” konsert zali Saudiya Arabistoni Al-Hijr arxeologik hududidan 22 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, UNESCO'ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektdir.

Qirollik hukumati 2017 yilda mazkur hududda e’tiborni kuchaytirgan va maxsus Al-Ula Qirollik komissiyasi tashkillashtirilganidan keyin bu mintaqada katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. 2018 yilning dekabr oyida rasman ochilgan “Maraya” konsert zali ana shunday o‘zgarishlardan biri edi. Inshootning umumiy sig‘imi 1600 dan ortiq kishini tashkil etadi.

Inshoot Milandagi Gio Formo Studio Associato studiyasi tomonidan qisqa vaqt ichida loyihalashtirilgan bo‘lib, u yerda madaniy tadbirlar, badiiy dasturlar va musiqiy chiqishlar amalga oshiriladi. Binoning tashqi ko‘rinishi atrofdagi cho‘lning sarob effektini beradi.

 


Maqola muallifi

Teglar

arxitektura Saudiya Arabiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing