Dunyodagi eng katta olmos 12 mln dollarga sotildi

Olam

image

Jenevadagi Christie's auksion uyida dunyodagi eng katta – 205 karatli sariq “Qizil Xoch” olmosi 12 million dollarga sotildi. Bu haqda auksion uyi sayti xabar bergan.

Christie's bu olmosni uchinchi bor namoyish qilmoqda — u birinchi marta 1918 yilda Qizil Xoch foydasiga gumanitar kimoshdi savdosida paydo bo‘lgan, o‘shanda uni Londonning S.J. Phillips zargarlik firmasi sotib olgan. 1973 yilda qimmatbaho tosh yana kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va 1,8 million Shveysariya frankiga sotilgan. 

Qimmatbaho tosh 1901 yilda Janubiy Afrikadagi De Beers konida topilgan og‘irligi 370-380 karat bo‘lgan olmosdan olingan. 

Tosh sotishdan tushgan mablag‘ning bir qismi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi fondiga o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Jenevadagi kimoshdi savdosida yana bir noyob lot qo‘yilgan. Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng katta sof olmos og‘irligi 228,3 karat bo‘lgan The Rock. U 21,6 million Shveysariya frankiga sotib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion olmos

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing