Dunyodagi eng qari it Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Bu qiziq

image

AQSHning Ogayo shtatida yashovchi 23 yoshli chihuahua zotiga mansub “Spayk” laqabli it Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa it sifatida kiritildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ginnes regordlar kitobi xodimlari 2022 yil 7 dekabrda it yashayotgan Kamden qishlog‘ida tekshiruv o‘tkazib, “Spayk”ning 1999 yil noyabr oyida tug‘ilganini aniqlashgan va unga kamida 23 yoshu 7 kunlik ekanligini tasdiqlovchi sertifikat berishgan.

Itning egasi Rita Kimbolning aytishicha, u 2009 yilda “Spayk”ni oziq-ovqat do‘konining avtoturargohidan topib olgan. Do‘kon sotuvchisi jonivorning uch kundan beri shu yerda yurganini aytgach, uni uyiga olib ketgan.  

“Spayk” sakrab chiqdi va qayerga ketayotganimizni bilgandek o‘rindiqqa o‘tirdi. Bu shunday bo‘lishi kerak edi go‘yo”, deydi Kimbol itni asrab olgan kunni eslab.

Rita Kimbol “Tom va Jerri” multfilmlaridagi katta, tajovuzkor itdan ilhomlanib, o‘zining kichik yangi do‘stiga “Spayk” nomini bergan. U “The Tonight Show” dasturi boshlovchisi Jimmi Fallonga tegishli “Pebles” laqabli rekordchi itning 2022 yilning oktyabrida vafot etgani haqida eshitgach, “Spayk” uning o‘rnini egallab, eng mashhur it bo‘lishi mumkinligini tushungan.

Kimbolning aytishicha, hozirda Spaykka oilaning eng mashhur a’zosi sifatida qarashadi. Ko‘rish va eshitish qobiliyati yomonlashgan keksa it esa o‘zi taniydigan odamlar bilan vaqt o‘tkazishni, o‘z fermasidagi hayvonlarni kuzatishni xush ko‘radi. 

Ma’lumot uchun, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan eng uzoq umr ko‘rgan it 1939 yilda 29 yoshu 5 kunligida vafot etgan Blyu laqabli Avstraliya ketli bo‘lgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eng qari it Ginnes rekordlar kitobi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar