O‘zbekiston yosh muhandislari Ginnesga kirdi

Jamiyat

image

Kecha, 18 avgust kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, “Ginnes rekordlar kitobi”ga kirdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

“Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor Ginnes rekordlar kitobi sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi. Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini ham yorqin ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi O'zbekiston Ginnes rekordlar kitobi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing