Namangandagi gullar Ginnesga kirdi

Jamiyat

image

Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishich, o‘tgan yili festivalga tayyorgarlik jarayonida viloyat bo‘yicha jami 100 million tup gul ko‘chati ekilgan. Bu yil esa ushbu miqdor 150 million tupga yetkazilgan. Natijada Namangan “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatgan.

Bugun, 24 may kuni festivalning tantanali ochilish marosimida bu haqdagi maxsus sertifikatni Ginness vakili Sheyda Subasi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga tantanali ravishda topshirgan.

“Endi dunyodagi sanoqli shaharlar qatorida Namangan ham Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilib, tarixda qoladigan bo‘ldi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Ginnes rekordlar kitobi gullar festivali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing