Qoraqalpoq o‘tovi Ginness rekordlari kitobiga kiritildi
Jamiyat
−
23 avgust
7255Nukus shahri hududidagi “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat.
Kecha, 22 avgust kuni “Oq qush” majmuasida Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari, mahalliy yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BAAda blog yurituvchi o‘zbekistonlik Fotima Hasanova bir sahnada 75 millat vakillarini jamlab, Ginnesning 2024 yilgi ro‘yxatiga kiritilgan birinchi o‘zbek bo‘lgandi.
LiveBarchasi