Dunyodagi eng qadimgi bank yo‘q bo‘lib ketishi mumkin
Olam
−
25 Oktabr 2021
7034Hozirda faoliyat yurituvchi dunyodagi eng qadimiy bank Italiyadagi Monte dei Paschi di Siena tarixi o‘z yakuniga yetmoqda. Italiya Iqtisodiyot vazirligi va UniCredit ushbu moliya tashkilotini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatganini e’lon qildi.
Italiyaning Siyena shahridagi bank deyarli 550 yildan buyon mavjud. Ammo oxirgi o‘n bir yarim yil ichida ishlar yomonlashgandan yomonlashgan. 2017 yilda u deyarli “qulab tushgan”.
Rim o‘sha paytda Bryusselning ruxsati bilan kredit tashkilotini saqlab qolgan va hozirda bankning 64 foiz ulushi davlatga tegishli. Ammo Yevropa Ittifoqi besh yil ichida bankni xususiylashtirish bo‘yicha shart qo‘ygan. Muddat keyingi yilning yozida tugaydi.
Milanning UniCredit bank guruhi Monte dei Paschi’ni sotib olmoqchi bo‘lgan yagona tashkilot edi. Biroq, kecha, 24 oktyabr kuni rasman muzokaralar natija bermagani e’lon qilindi.
Bank taqdiri Italiyaning hukmron koalitsiyasini parchalashi mumkin. Hatto uning ba’zi ittifoqchilari Bosh vazir Mario Dragini tanqid qildi. Ularning fikricha, Vazirlar Mahkamasi rahbari Bryusseldan xususiylashtirish muddatini kechiktirishni so‘rashga majburdir, eng kamida dunyodagi qadimiy bankni davlat nazoratida ushlab turish yo‘lini topishi kerak.
LiveBarchasi